"Beshiktosh" Niko Gonsalesni ijaraga olmoqchi
18 AVGUST, 2026, 21:42
"Yuventus"ning argentinalik qanot hujumchisi Niko Gonsales faoliyatini Turkiyaning "Beshiktosh" klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Calciomercato xabar berdi.
Gonsales "Atletiko"dagi ijaradan so'ng Turinga qaytdi, biroq u "Yuventus"ning uzoq muddatli rejalariga kirmaydi. Futbolchining o'zi ham klubni tark etish istagida.
"Beshiktosh" argentinalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda. Ma'lum shartlar bajarilsa, ushbu band majburiy xaridga aylanishi mumkin.
Gonsales o'tgan mavsumda xuddi shunday sxema asosida "Atletiko"ga ijaraga berilgandi. U Madrid klubi safida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi.
Transfermarkt portali Niko Gonsalesning bozor qiymatini 22 million evroga baholamoqda. Avvalroq futbolchi "Milan" va "Inter"ning ham transfer rejalaridan joy olgani haqida xabarlar tarqalgandi.
