"Manchester Siti" Dokuni yo'qotdi
18 AVGUST, 2026, 21:42
"Manchester Siti" vingeri Jeremi Doku Angliya Superkubogi doirasida "Arsenal"ga qarshi o'tgan uchrashuvda boldir mushagidan jarohat oldi. Bu haqda Nieuwsblad xabar berdi.
Manbaga ko'ra, belgiyalik futbolchi kamida Angliya Premer-ligasining "Bornmut"ga qarshi navbatdagi o'yinini o'tkazib yuboradi.
Doku "Arsenal"ga qarshi bahsni omadsiz o'tkazdi va tanaffusda almashtirildi. "Manchester Siti" esa mazkur uchrashuvda 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
So'nggi vaqtlarda futbolchi bir qator sog'liq muammolariga duch keldi. Avval u og'ir nafas yo'llari infektsiyasi sabab shoshilinch tibbiy yordam bo'limiga murojaat qilgan, keyin esa to'piqdan jarohat olgan. Shu sababli Doku jamoa bilan to'liq mavsumoldi tayyorgarligini o'tay olmagan.
"Manchester Siti"da futbolchining so'nggi jismoniy muammolari yangi jarohat yuzaga kelishiga ta'sir qilgan bo'lishi mumkin, deb hisoblashmoqda.
