logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

O'zbekiston taekvondochilari "WT President’s Cup"ni 4 ta medal bilan boshladi

 18 AVGUST, 2026, 21:36

Pokistonning Lahor shahrida taekvondo WT bo'yicha "World Taekwondo President’s Cup – Asia" musobaqasi start oldi.

Turnirning birinchi kunida O'zbekiston terma jamoasi a'zolari muvaffaqiyatli ishtirok etib, jami 4 ta medalni qo'lga kiritdi. Hamyurtlarimiz 3 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi.

Kumush medallarni -74 kg vazn toifasida Najmiddin Qosimhojiev, -62 kgda Diora Azizova hamda +73 kgda Svetlana Saidova qo'lga kiritdi.

+87 kg vazn toifasida ishtirok etgan Marat Mavlonov esa bronza medali sohibi bo'ldi.

Shu tariqa, O'zbekiston taekvondochilari "WT President’s Cup" musobaqasining dastlabki kunini 4 ta medal bilan yakunladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ