"Jirona" Viktor Tsigankovga nisbatan intizomiy ish ochdi
18 AVGUST, 2026, 21:36
"Jirona" rasmiy sayti orqali ukrainalik hujumkor yarim himoyachi Viktor Tsigankovga nisbatan intizomiy ish ochilganini ma'lum qildi.
Klub bayonotida qayd etilishicha, tekshiruv futbolchining "so'nggi vaqtlardagi xatti-harakatlari" bilan bog'liq. "Jirona" Tsigankovning xulq-atvori uning shartnoma bo'yicha majburiyatlari va klub ichidagi odob-axloq me'yorlariga zid bo'lishi mumkin, deb hisoblamoqda.
Intizomiy ish doirasida klub zarur choralarni ko'rishini ham bildirgan.
Avvalroq matbuotda Viktor Tsigankov "Jirona" La Ligadan tushib ketganidan keyin klubni tark etish niyati borligini rahbariyatga ma'lum qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Tsigankov "Jirona" safida jami 119 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol urgan va 23 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
