"Yuventus" Gulelmo Vikarioni ijaraga oldi
18 AVGUST, 2026, 19:36
"Tottenxem" darvozaboni Gulelmo Vikario faoliyatini "Yuventus"da davom ettiradi.
Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, italiyalik futbolchi Turin klubi bilan shartnoma imzolab bo'lgan. 29 yoshli golkiper "Yuventus"ga bepul ijara asosida o'tmoqda.
Kelishuvga Vikarioni 8 million evro evaziga sotib olish imkoniyati kiritilgan, biroq bu majburiy shart emas. Shuningdek, transfer doirasida yana 2 million evro miqdorida bonuslar ham ko'zda tutilgan.
Vikario 2023 yildan buyon "Tottenxem" sharafini himoya qilib kelmoqda. U London klubi safida barcha musobaqalar doirasida jami 117 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Shuningdek, 29 yoshli darvozabon Italiya milliy jamoasi tarkibida 5 ta o'yin o'tkazgan.
