logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Gordon nega "Barselona"ni tanlaganini tushuntirdi

 18 AVGUST, 2026, 19:30

"Barselona"ning yangi futbolchisi Entoni Gordon jamoadagi dastlabki taassurotlari bilan o'rtoqlashib, kataloniyaliklar safiga o'tish qarorida bosh murabbiy Xansi Flikning futbol falsafasi muhim rol o'ynaganini aytdi.

"Mening "Barselona" futbolchisi sifatidagi birinchi haftam ajoyib o'tdi. Yangi shahar, yangi mamlakat, yangi jamoadoshlar va murabbiylar shtabi — hammasi yangicha. Lekin barcha meni juda iliq kutib oldi", — dedi angliyalik vinger.

Gordonning aytishicha, u "Barselona"ga kelmasidan avval ham Flikning g'oyalari bilan tanish bo'lgan.

"Murabbiyning o'yin uslubini avvaldan bilardim. Aynan shu sabab bu erga kelishni istadim. Menga bunday futbol yoqadi", — dedi u.

Angliyalik futbolchi Joan Gamper kubogida "Al-Ahli"ga qarshi bahsda Spotify Camp Nouda ilk bor "Barselona" libosida maydonga tushishni intiqlik bilan kutayotganini ham ta'kidladi.

"Stadionni ko'rish, muxlislar oldida "Barsa" libosida o'ynash juda hayajonli. Gol urib, jamoaga g'alaba keltirishni istayman. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashiga esa ko'plab gollar va sovrinlar bilan javob qaytarishga harakat qilaman", — dedi Gordon.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ