logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Al-Hilol" Xarri Keynni asosiy transfer maqsadiga aylantirdi

 18 AVGUST, 2026, 19:24

Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi hujum chizig'ini kuchaytirish uchun uch nafar nomdor futbolchini o'z ro'yxatiga kiritdi.

talkSPORT ma'lumotiga ko'ra, klubning asosiy maqsadi "Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn hisoblanadi. "Al-Hilol" allaqachon 33 yoshli angliyalik futbolchining vakillari bilan ehtimoliy transfer yuzasidan muzokara o'tkazgan.

Keynning "Bavariya" bilan shartnomasi kelasi yili yakunlanadi. Myunxen klubi uning kelishuvini uzaytirishni istamoqda, ammo hujumchining o'zi Saudiya Arabistoniga o'tish variantini ham istisno qilmayapti.

"Al-Hilol" ro'yxatidan, shuningdek, "Galatasaroy" hujumchisi Viktor Osimxen va "Aston Villa" futbolchisi Olli Uotkins ham o'rin olgan. Biroq "Aston Villa" Uotkins bu yozda klubni tark etmasligiga ishonmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ