Xolmurod Nurmatov ham Mangu MMA Ligasi bilan shartnoma imzoladi (VIDEO)
18 AVGUST, 2026, 17:32
Bu haqda sportchining o'zi malum qildi.O'zbekistonlik tajribali aralash yakka kurash ustasi Xolmurod Nurmatov endilikda Mangu MMA Ligasida ham jang qiladi.
Uning debyut chiqishi 26 sentyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tadi. Nurmatov Mangu 5 turnirida ishtirok etadi.
Unga o'sha kuni o'zbekistonlik boshqa bir MMA ustasi Lazizxon O'zbekov raqib bo'ladi. Jang greppling qoidalari asosida o'tkaziladi.
Manba: olamsport.com
