logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Elit Osiyo Chempionlar ligasi: 2026/27-yilgi mavsum taqvimi ma'lum bo'ldi

 18 AVGUST, 2026, 16:12

2026/27-yilgi Elit Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasining liga bosqichida uchrashuvlar o'tkaziladigan sanalar ma'lum qilindi.

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan tashkil etiladigan nufuzli musobaqaning yangi mavsumida 32 ta klub ishtirok etadi. Jamoalar G'arb va Sharq mintaqalariga bo'lingan holda bellashadi.

Liga bosqichi quyidagi muddatlarda o'tkazilishi rejalashtirilgan:

1-tur: 14–16-sentyabr 2026 yil;
2-tur: 12–14-oktyabr 2026 yil;
3-tur: 26–28-oktyabr 2026 yil;
4-tur: 2–4-noyabr 2026 yil;
5-tur: 23–25-noyabr 2026 yil;
6-tur: Sharq mintaqasida 1–2-dekabr, G'arb mintaqasida 7–8-dekabr 2026 yil;
7-tur: 8–10-fevral 2027 yil;
8-tur: 15–17-fevral 2027 yil.

Liga bosqichidan keyin musobaqaning pley-off uchrashuvlari mart oyida, hal qiluvchi bahslar esa 2027-yilning aprel-may oylarida o'tkaziladi. Final uchrashuvi 1-may kuni Saudiya Arabistonida bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ