Jo Xart «Manchester Siti» yangi bosh murabbiy Entso Mareskaga bosim o'tkazmaydi deb hisoblaydi
18 AVGUST, 2026, 16:12
«Manchester Siti»ning sobiq darvozaboni Jo Xart bu yozda 9 yillik faoliyatidan so'ng jamoani tark etgan Pep Gvardiolaning o'rnini egallagan yangi bosh murabbiy Entso Mareskadan birinchi mavsumdayoq haddan tashqari yuqori natijalar talab qilinmasligi kerak deb hisoblaydi.
«Borgan futbolchilar va hali jamoaga kelib qo'shilmaganlarni hisobga olsak, klub barcha sovrinlar uchun kurashishni xohlashi aniq, ammo bu mavsumda Mareskaga ilgarigidek katta bosim o'tkazishmaydi. Vujudga keladigan shov-shuvlar esa tashqaridan bo'ladi, xolos», — deydi Xart BBC bilan suhbatda.
«Klubning tajribasi va erishgan muvaffaqiyatlari APL va Chempionlar Ligasida g'olib chiqish qanchalik qiyin ekanini tushunishga etarli. Ular 2, 3 yoki 4-o'rinni egallashni jamoaning inqirozi deb baholaydigan darajada muvaffaqiyatga och emas. Klub Mareskaga ishonadi va uning tayinlanishini tavakkalchilik deb hisoblamaydi».
«Manchester Siti» mavsumni Angliya Superkubogida «Arsenal»dan uchralgan mag'lubiyat bilan boshladi. Xart klub ushbu muvaffaqiyatsiz o'yindan so'ng shoshma-shosharlik bilan xulosa chiqarmasligiga ishonadi.
«Bu juda real qaraydigan klub. Ularga yangicha qarashlar kerak, ammo hozir hamma xotirjamlik va diqqatni saqlab qolishi lozim. «Manchester Siti» bu natijaga keskin munosabat bildirmaydi deb o'ylayman. Bu shunchaki yomon o'yin bo'ldi va ba'zi futbolchilar maydonda o'zlarini erkin his qila olishmadi».
«Manchester Siti» APLning yangi mavsumini 23 avgust kuni «Bornmut»ga qarshi o'yin bilan boshlaydi.
