Gvardiolaning «Manchester Siti» futbolchilari bilan xayrlashuv nutqi oshkor qilindi
18 AVGUST, 2026, 16:06
Ispaniyalik mutaxassis o'n yillik muvaffaqiyatli faoliyatidan so'ng klubni tark etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Xosep Gvardiolaning «Manchester Siti» futbolchilari bilan xayrlashuv lavhalari paydo bo'ldi. Tarmoqda Pepning manchesterliklar klubidagi so'nggi ikki yili haqida hikoya qiluvchi «A Beautiful Obsession» (Go'zal ishtiyoq) nomli hujjatli film namoyish etildi. Trenerning futbolchilar oldidagi xayrlashuv nutqi eng ta'sirli lahzaga aylandi:
«Yigitlar, men qisqa gapiraman. Yakshanba kuni «Manchester Siti» bosh murabbiyi sifatidagi so'nggi o'yinim bo'lib o'tadi. Sababi juda oddiy: ishni davom ettirish uchun energiya kerak. Ammo qalbimning to'rida bu kuch-quvvat boshqa qolmaganini his qilyapman».
Bundan tashqari, Gvardiola futbolchilarga minnatdorchilik bildirdi va ushbu qaror haqida rasmiy e'lon berilishidan oldin birinchi bo'lib aynan ular bilishga haqli ekanini ta'kidladi.
Gvardiola «Manchester Siti»ni 2016 yildan 2026 yilgacha boshqardi. Ushbu davr mobaynida u klub bilan 20 ta sovrin, jumladan 6 marta Angliya chempionligi va Chempionlar Ligasida g'alaba qozondi.
