logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Palinya «Benfika»ga o'tishga yaqinlashmoqda

 18 AVGUST, 2026, 16:06

«Benfika» «Bavariya»ga Joau Palinya uchun 15 million evro taklif qildi. Bu haqda A Bola nashri xabar bermoqda.

Lissabon klubi 31 yoshli tayanch yarim himoyachisining transferi bo'yicha muzokaralarni yaqin orada yakunlashni rejalashtirmoqda. Yana 5 million evro «Bavariya»ga bonuslar sifatida tegishi mumkin.

«Benfika» futbolchining o'zi bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan dastlabki shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan. Palinyaning maoshi soliqlar to'langanidan keyin yiliga taxminan 3 million evroni tashkil etadi.

O'tish jarayonini «Nyukasl» murakkablashtirishi mumkin. Biroq «Benfika» Palinyaning Portugaliyaga qaytish, oilasiga yaqinroq bo'lish istagi hamda bosh murabbiy Marku Silva bilan yaxshi munosabatlari ingliz klubining moliyaviy jihatdan manfaatliroq taklifidan ustun kelishiga umid qilmoqda.

2025/26 yilgi mavsumda portugaliyalik futbolchi ijara huquqi asosida «Tottenxem»da o'ynab, 45 ta o'yinda maydonga tushdi, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ