«Manchester Yunayted» Endrikni o'z safiga qo'shib olmoqchi
18 AVGUST, 2026, 16:00
Ommaviy axborot vositalari xabariga ko'ra, «Manchester Yunayted» «Real» hujumchisi Endrikni transfer qilishga urinib ko'rdi.
Shuningdek, futbolchiga «Aston Villa» va «Roma» klublari ham qiziqish bildirgan. Da'vogar klublar Endrikga jamoada muhimroq rol taklif qilishgan. Biroq braziliyalik futbolchi «Real»da qolishga qaror qildi.
Manbaning ta'kidlashicha, Endrik qishda «Real»ni tark etishi mumkinligi istisno qilinmaydi. Agar u etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmasa, ijara variantini ko'rib chiqishi mumkin.
Manba: stadion.uz
