logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Manchester Yunayted" Kamavingaga "Real"dagi maoshi oshirilgan besh yillik shartnoma taklif qilmoqchi

 18 AVGUST, 2026, 15:48

"Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar "Real" yarim himoyachisi Eduardu Kamavingani sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda ispaniyalik jurnalist Migel Serrano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Angliya klubi 23 yoshli frantsuzga besh yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. "Manchester Yunayted"da Kamavinganing maoshi hozirgi daromadiga nisbatan taxminan 50 foizga oshirilishi va yiliga 9 mln evro atrofida bo'lishi mumkin.

Manchester klubining Kamavingaga qiziqishi yangi emas. Iyun oyidayoq "Yunayted" futbolchining transferi shartlarini bilish uchun "Real" bilan aloqaga chiqqan edi. O'shanda Madrid klubi frantsuz uchun taxminan 60 mln evro talab qilayotgani xabar qilingan.

Ayni paytda Kamavinganing o'zi "Santyago Bernabeu"ni tark etishga shoshilmayapti. Avvalgi xabarlarga ko'ra, frantsuz "Real"da qolib, asosiy tarkibdagi o'rni uchun kurashishni afzal ko'radi. Shunga qaramay, madridliklar munosib taklif tushsa, uni sotish imkoniyatini butunlay istisno qilmagan.

Kamavinganing "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan. U Madrid klubiga 2021 yilda "Renn"dan kelib qo'shilgan.

Transfermarkt portali 23 yoshli yarim himoyachining hozirgi bozor qiymatini 50 mln evroga baholamoqda. Kamavinga markaziy va tayanch yarim himoyachi pozitsiyalaridan tashqari, zarurat tug'ilganda chap qanot himoyasida ham harakat qila oladi.

 

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ