«Bryugge» futbolchisini «Manchester Yunayted»ga sotishdan bosh tortdi
18 AVGUST, 2026, 15:48
Belgiya klubi shu yozda chap qanot himoyachisi Xoakin Seysni sotish niyatida emas. «Bryugge» hatto Kristos Tsolisning «Arsenal»ga transferi (34 million funt) kabi rekord darajadagi taklif tushsa ham, uni rad etishga tayyor.
«Manchester Yunayted» hozircha 21 yoshli belgiyalik futbolchi bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqmagan, biroq unga «Arsenal», «Aston Villa», «Nyukasl», «Benfika» va «Portu» klublari tomonidan ham qiziqish bor. Seysning amaldagi shartnomasi yakunlanishiga yana uch yil bor.
«Yunayted» Lyuis Xollni qo'lga kiritishdagi muvaffaqiyatsiz urinishlardan so'ng chap qanot himoyachisi izlamoqda.
