Valverde «Real»ning Vinisius bilan shartnomani uzaytirish qarorini baholadi
18 AVGUST, 2026, 15:36
«Real» yarim himoyachisi Federiko Valverde Madrid klubining Vinisius Junior bilan mehnat shartnomasini uzaytirish qaroriga munosabat bildirdi.
Futbolchi braziliyalik hujumchining jamoada qolayotganidan mamnun. Valverde vingerning jamoa uchun qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi.
«Vinisius? Hammamiz uning qanchalik muhimligini va «Madrid»ga qanchalik katta foyda keltirishini yaxshi bilamiz», — deydi Valverde insayder Fabritsio Romano keltirgan iqtibosda.
Ommaviy axborot vositalari xabariga ko'ra, Vinisiusni «Arsenal» o'z safiga qo'shib olishni juda xohlagan edi. Biroq vinger «Real»ning taklifini qabul qildi va mehnat shartnomasini uzaytirdi.
