logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Carukyan Maurisio Ruffiga qarshi jang oldidan o'z laqabini o'zgartirdi + FOTO

 18 AVGUST, 2026, 15:32

UFC engil vazn toifasi reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan Arman Carukyan 19 sentyabr kuni Los-Anjelesda bo'lib o'tadigan UFC 331 turnirida Maurisio Ruffiga qarshi oktagonga chiqadi.

Ushbu jang oldidan Arman o'z laqabini "Betmen"ga o'zgartirdi. Bu haqda u jurnalist Ariel Xelvani bilan bo'lgan intervyusida malum qildi. Avvalroq armanistonlik jangchining laqabi "Axalkalakets" edi — bu uning kelib chiqishi bo'lgan Gruziyadagi shahar nomi bilan bog'liq.

Arman Carukyan 29 yoshda. Rossiya-arman jangchisining professional MMA rekordida 23 ta g'alaba va uchta mag'lubiyat bor. "Betmen" aralash yakkakurashlardagi professional faoliyatini 2015 yil sentyabrida boshlagan, UFC bayrog'i ostida esa 2019 yil aprelidan buyon jang o'tkazib keladi. U erkin kurash va MMA bo'yicha sport ustasi hisoblanadi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ