«Barselona» Kunde uchun narx belgiladi
18 AVGUST, 2026, 15:30
Kataloniyaning «Barselona» klubi himoyachi Jyul Kundening kelajagi bo'yicha bir qarorga keldi. Bu haqda El Nacional nashri xabar bermoqda.
«Ko'k-anorranglilar» frantsuz futbolchisini sotishga tayyor, ammo uning uchun yuqori narx belgiladi. Shunga ko'ra, «Barselona» Kundening transferidan kamida 80 million evro ishlab olmoqchi.
Himoyachiga Angliyaning «Chelsi» klubi tomonidan jiddiy qiziqish bildirilmoqda. Londonliklar allaqachon futbolchi bo'yicha dastlabki taklifni yuborishgan.
