Rafinya «Barselona»ni tark etishi mumkin
18 AVGUST, 2026, 15:30
«Barselona» vingeri Rafinya klubdagi manzilini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda insayder Romen Molina yozmoqda.
Futbolchining kelajagi noaniqligicha qolmoqda. Kataloniyaliklar futbolchi bo'yicha manfaatli taklif olishga umid qilmoqda.
Rafinyaning mehnat shartnomasi yana ikki mavsum amal qiladi. Transfermarkt vingerning qiymatini 70 million evroga baholamoqda. Futbolchi «Barselona»ga «Lids»dan o'tgan edi.
