Brunu Fernandesh «MYu»ning yangi shartnoma bo'yicha taklifini rad etdi
18 AVGUST, 2026, 15:24
«Manchester Yunayted» jamoa sardori Brunu Fernandeshga yangi shartnoma taklif qildi, biroq portugaliyalik yarim himoyachi uni rad etdi. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, klub taklif qilgan yangi shartnomada maosh yiliga bor-yo'g'i 500 ming evroga oshirilishi ko'zda tutilgan edi. Bu esa futbolchini shartnomani uzaytirishga ko'ndirish uchun etarli bo'lmadi.
Oldinroq Fernandeshga Turkiyaning «Galatasaroy» klubi tomonidan jiddiy qiziqish borligi va ular futbolchiga yiliga 21 million evro maosh to'lashga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
