«Jenoa» «Brayton»dan hujumchi Fergyusonni ijaraga olmoqda
18 AVGUST, 2026, 15:18
«Brayton» hujumchisi Evan Fergyuson faoliyatini «Jenoa»da davom ettiradi.
21 yoshli irlandiyalik futbolchi «grifonlar» safiga ijara huquqi asosida qo'shiladi. Kelishuvda uni sotib olish huquqi ham ko'zda tutilgan.
O'tgan mavsumda Fergyuson ijara asosida «Roma»da to'p surgan edi. Umumiy hisobda hujumchi 22 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
«Jenoa» A Seriyadagi o'tgan mavsumni 16-o'rinda yakunladi. Jamoani ukrainalik yarim himoyachi Ruslan Malinovskiy rasman tark etdi. Italiya chempionatining yangi mavsum 1-turida «Jenoa» 22 avgust kuni «Napoli»ga qarshi maydonga tushadi.
