logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Gvardiola «Manchester Siti» kiyinish xonasida futbolchilarga ajrashishi haqida aytib bergan

 18 AVGUST, 2026, 15:18

Pep Gvardiola 2024 yilning dekabr oyida Chempionlar ligasi doirasidagi «Yuventus»ga qarshi o'yindan (0:2) so'ng «Manchester Siti» futbolchilariga xotini bilan ajrashishi haqida so'zlab bergan.

Ushbu lavhalar Prime Video platformasida namoyish etilgan «A Beautiful Obsession» hujjatli filmida ko'rsatildi.

«Yigitlar, sizlarga bir narsani tan olmoqchiman. Men sayyorangizdagi eng go'zal ayol bilan ajrashyapman.

U mening xotinim, mening sobiq xotinim. Men uni jon-dilimdan yaxshi ko'raman, lekin o'rtamizdagi ehtiros so'ndi. Ko'p sabablarga ko'ra. Men uni yaxshi ko'ramanmi? Ha, albatta. U-chi, meni yaxshi ko'radimi? Ha. Lekin biz ehtirosni yo'qotdik.

Sizlar futbolni qanday o'ynaysizlar? Shunchaki o'ynaysizlarmi yoki ichingizda nimadir bormi? Ehtiros o'zi nima? Hayotingizda nima bilan shug'ullansangiz ham, buni ehtiros bilan qiling. Menga shunchaki yaxshi o'yinchilar kerak emas, menga ehtirosi bor o'yinchilar kerak», — degan Gvardiola kiyinish xonasida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ