logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Boks. Shahram G'iyosov nega Shohjahon Ergashevga javob qaytarmasligini aytdi

 18 AVGUST, 2026, 15:12

O'zbekistonlik professional bokschi Shahram G'iyosov jurnalist Amirxon Umarovning “Markazda gaplashamiz” ko'rsatuvida mehmon bo'lib, o'ziga muntazam ravishda jang taklif qiladigan raqibining chorlovlariga qanday munosabatda ekaniga oydinlik kiritdi.

Dastur davomida boshlovchi ism-shariflarni ochiqlamagan holda, bokschiga muntazam ravishda jangga chorlaydigan hamkasbi haqida savol berib, bu masalaga qachon nuqta qo'yilishi bilan qiziqdi. Boks muxlislariga yaxshi ma'lumki, ushbu vaziyatda gap G'iyosovning azaliy raqibi Shohjahon Ergashev haqida bormoqda.

“Men nuqta qo'ymayman, barchasiga hayotning o'zi nuqta qo'yadi. Biz emas, bizning qilayotgan ishimiz, bosib o'tayotgan yo'limiz so'zlashi kerak. Bizni kuzatayotgan insonlar gapirsin. Kim 'vizov' tashlaydi, kim yomon yoki yaxshi gapiradi — menga umuman farqi yo'q. Ortimdan otilgan toshlarga qaramayman, mening bitta maqsadim bor va faqat oldinga boraman”.

Shuningdek, suhbat davomida boshlovchining “Sizning bu pozitsiyangizni raqibingiz qachon tushunib etadi, deb o'ylaysiz?” degan savoliga G'iyosov keskin tarzda javob qaytardi:

“Tushunmaydiganlar hayotda ham tushunmaydi. Tushunchasi past insonlar buni hech qachon tushunmaydi”, deya ta'kidladi charm qo'lqop ustasi.

Ma'lumot o'rnida, professional boksning birinchi yarim o'rta (super engil) vazn toifasida harakat qiluvchi o'zbekistonlik bokschilar — Shahram G'iyosov va Shohjahon Ergashev o'rtasidagi ziddiyat ancha yillardan buyon davom etib keladi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali bir necha bor tortishuvlar kuzatilgan bo'lsa-da, hozircha ular professional boksda to'qnash kelmagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ