logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

De Bryoyne «Manchester Siti» u bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortganida ko'z yoshlarini tutib turolmagan

 18 AVGUST, 2026, 15:00

Belgiyalik yarim himoyachi Kevin de Bryoyne «Manchester Siti» u bilan hamkorlikni uzaytirmaslik qarorini qabul qilganini eshitib, yig'lab yuborgan. Bu haqda Prime Video platformasida namoyish etilgan «A Beautiful Obsession» hujjatli filmida ma'lum qilindi. Ushbu film Xosep Gvardiolaning «shaharliklar» bosh murabbiyi sifatidagi faoliyatining yakuniy bosqichiga bag'ishlangan.

De Bryoyne 2015 yildan 2025 yilgacha «Manchester Siti» sharafini himoya qilgan. Ushbu davr mobaynida u 422 ta o'yinda maydonga tushib, 108 ta gol urgan va 177 ta assist muallifi bo'lgan.

Klub bilan birgalikda de Bryoyne olti marta Angliya chempioni bo'ldi, ikki martadan Angliya Kubogi va Superkubogini, shuningdek, beshta Liga kubogi trofeyini qo'lga kiritdi. Bundan tashqari, belgiyalik futbolchi Klublar o'rtasidagi jahon chempionati va Chempionlar ligasida zafar kuchgan.

O'tgan yozdan beri 35 yoshli yarim himoyachi Italiyaning «Napoli» klubida to'p surmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ