Dortmundning «Borussiya» klubi niderlandiyalik yarim himoyachi bilan shartnoma imzoladi
18 AVGUST, 2026, 14:54
Niderlandiya terma jamoasining 27 yoshli markaziy yarim himoyachisi Joui Verman faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettiradi. Havbek PSVdan Dortmundning «Borussiya» klubiga o'tdi. Bu haqda «asalarilar»ning rasmiy saytida xabar berildi.
Verman 2031 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi. Germaniyada yarim himoyachi 25-raqam ostida to'p suradi.
«Dortmundning «Borussiya» klubi Evropaning eng yirik klublaridan biri hisoblanadi va men endi uning bir qismi ekanimdan faxrlanaman. Bu erda ekanimdan juda xursandman va «Borussiya» bilan birga muvaffaqiyatlarga erishishni intiqlik bilan kutmoqdaman», — deydi Verman shartnoma imzolanganidan so'ng.
O'tgan mavsumda Verman barcha turnirlarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 15 ta assist muallifi bo'ldi.
