Ispaniyalik jurnalist Alvaresning "Barselona"ga transferi bo'yicha yangi insayd berdi
18 AVGUST, 2026, 14:00
Ispaniyalik jurnalist Jota Jordi Xulian Alvares bilan bog'liq vaziyat bo'yicha yangi insaydni ma'lum qildi. U ijtimoiy tarmoqlarda "Atletiko" hujumchisi baribir "Barselona"ga o'tishini yozdi.
Avvalroq "Atletiko" Alvaresni 150 million evrodan kam narxga sotishni istamayotgani xabar qilingandi. "Barselona" esa bunday katta mablag'ni to'lashga tayyor emas edi.
Xulianning o'zi Madrid klubi rahbariyatidan uni kataloniyaliklar safiga qo'yib yuborishni so'ragan. Biroq "Atletiko" rahbarlari argentinalik hujumchining talabini qat'iy tarzda rad etib kelgan.
