Konor Maxachevdan engilgan vatandoshi Gerriga yuzlandi
18 AVGUST, 2026, 14:00
Yen Machado Gerrining Islam Maxachev ustidan muddatidan avval g'alaba qozonishini bashorat qilgan Konor Makgregor jangdan keyin yana hamyurtiga "messej" yo'lladi.Konor chempionlik jangida yutqazgan vatandoshini qo'llab-quvvatladi.
"CHempionlik mentaliteti!" – deb yozdi Konor Gerri jang yakunlari bo'yicha o'z fikrlarini bildirgan videoga izoh qoldirar ekan.
Xususan, elon qilingan videoda irlandiyalik yarim o'rta vazn vakili do'sti va jamoadoshi CHarlz Oliveyra misolida mag'lubiyatlar hech narsani anglatmasligini tushunib etganini aytdi. SHuningdek, Gerri muxlislarga albatta qaytishi va hali UFC chempioni bo'lishini vada qildi.
Filadelfiyada bo'lib o'tgan UFC 330 turnirining markaziy jangi oldidan Makgregor Gerrining Maxachevni boshiga tepib (hay-kik) nokaut qilishini taxmin qilgan edi. Biroq aynan rossiyalik sportchi ikkinchi raundda raqibini aynan shu zarba bilan nokdaun holatiga tushirib qo'ydi.

Manba: olamsport.com
