logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Barselona" Dyokeresh uchun taklif tayyorlamoqda

 18 AVGUST, 2026, 13:54

"Barselona" "Arsenal" hujumchisi Viktor Dyokereshni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Kataloniyaliklar Xulian Alvares transferida qiyinchilikka duch kelgach, shvetsiyalik futbolchiga e'tibor qaratgan.

Dyokeresh "Arsenal"ga o'tgan yozda "Sporting"dan kelib qo'shilgan va debyut mavsumida barcha musobaqalarda 21 ta gol urgan.

Biroq hozircha transfer bo'yicha aniq kelishuv yo'q. Fabritsio Romano ma'lumotiga ko'ra, ayni paytda "Barselona", "Arsenal" va Dyokeresh tomoni o'rtasida rasmiy muzokaralar olib borilmayapti.

Shu bilan birga, "Arsenal"da Itan Nvanerining ham kelajagi noaniq. Romano 19 yoshli futbolchi yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar klubni tark etishini bildirgan. Unga "Milan", "Galatasaroy" va Germaniya klublaridan qiziqish bor.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ