logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Paxtakor" va "Neftchi" Osiyo gigantlariga qarshi — qur'a natijalari ma'lum

 18 AVGUST, 2026, 13:42

OFK Chempionlar ligasi Elita musobaqasining 2026/27 yilgi mavsumi liga bosqichiga qur'a tashlandi. O'zbekiston sharafini "Paxtakor" va "Neftchi" himoya qiladi. Qur'a 18 avgust kuni Kuala-Lumpurda o'tkazildi.

"Paxtakor" Toshkentda qabul qiladi:

"Istiqlol" (Eron) "An-Nasr" (Saudiya Arabistoni) "Al-Qodisiya" (Saudiya Arabistoni) "Traktor" (Eron)

Safarda:

"Al-Ahli" (Saudiya Arabistoni) "Al-Hilol" (Saudiya Arabistoni) "Al-Ittihod" (Saudiya Arabistoni) "Eyr Fors" (Iroq)

"Neftchi" Farg'onada qabul qiladi:

"Al-Hilol" "Al-Ahli" "Eyr Fors" "Al-Ittihod"

Safarda:

"An-Nasr" "Istiqlol" "Traktor" "Al-Qodisiya"

"Paxtakor" liga bosqichiga pley-offda Iordaniyaning "Al-Hussayn" klubini 3:0 hisobida mag'lub etib yo'llanma olgan edi.

Shu tariqa, O'zbekiston klublarini Osiyoning eng kuchli jamoalariga qarshi qiziqarli bahslar kutib turibdi. Ayniqsa, Krishtianu Ronaldu to'p tepadigan "Al Nassr"ning Toshkentga tashrifi katta qiziqish uyg'otishi kutilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ