logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Nyukasl" Amar Dedich transferini rasman e'lon qildi

 18 AVGUST, 2026, 13:36

"Nyukasl" "Benfika"dan qanot himoyachisi Amar Dedichni transfer qilganini rasman e'lon qildi. Bu haqda Angliya klubining rasmiy sayti xabar berdi.

24 yoshli bosniyalik futbolchi "Nyukasl" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Dedich yangi jamoasida 37-raqam ostida to'p tepadi. Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, transfer qiymati 30 million evroni tashkil etgan.

"Men uchun "Nyukasl"ga qo'shilish — alohida hissiyot va katta sharaf. Bu erda ekanimdan juda xursandman va klub hamda uning ajoyib muxlislari uchun maydonga tushishni sabrsizlik bilan kutyapman", — dedi Dedich shartnoma imzolaganidan so'ng.

O'tgan mavsumda himoyachi "Benfika" safida barcha musobaqalar doirasida 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ