Fermin Lopes: "Flik tufayli juda katta o'sishga erishdim"
18 AVGUST, 2026, 13:36
"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopes jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bilan o'rtasidagi iliq munosabatlar haqida gapirdi.
"Bizda juda yaxshi munosabatlar shakllangan. U dastlabki kunlardanoq menga nafaqat futbol maydonida, balki uning tashqarisida ham yordam berdi. Shu ikki yil ichida Flik tufayli juda katta o'sishga erishdim. Uning qo'l ostida o'zimni juda yaxshi ko'rsatyapman", — deya Lopesning so'zlarini diariARA nashri keltirdi.
Flik "Barselona"ni 2024 yilda qabul qilib olgan. U kataloniyaliklar bilan ikki marta Ispaniya chempioni bo'ldi, shuningdek, mamlakat Kubogi va ikki bor Superkubokni qo'lga kiritdi.
61 yoshli germaniyalik mutaxassisning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo'ljallangan.
