logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Real" Rodri uchun qancha taklif qilgani oydinlashdi

 18 AVGUST, 2026, 13:30

"Real Madrid" joriy yozda "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodrini sotib olish uchun 45 mln evro taklif qilgan. Bu haqda El Chiringuito TV xabar berdi.

Manbaga ko'ra, dastlab madridliklar ispaniyalik futbolchini qo'lga kiritish uchun asosiy da'vogar bo'lgan. Biroq "Manchester Siti" "Real"ning takliflarini rad etgan, keyinchalik esa "Barselona" muzokaralarga faol qo'shilgan.

Rodri ham yakunda Kataloniya klubiga o'tishni ustuvor variant sifatida tanlagan. AS ma'lumotiga ko'ra, "Barselona" va "Siti" 60 mln evro hamda 16,5 mln evrogacha bonuslar bo'yicha kelishuvga erishgan. Britaniya matbuoti ham "Siti" kataloniyaliklarning taklifini qabul qilganini xabar qilmoqda.

Shundan so'ng "Real" Rodriga muqobil futbolchi izlashni to'xtatgani aytilmoqda. Joze Mourino mavjud tarkib imkoniyatlaridan foydalanishi kutilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ