logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Benfika" va "Nottingem Forest" Kasadoga qiziqish bildirmoqda

 18 AVGUST, 2026, 13:30

"Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasadoga "Benfika" va "Nottingem Forest" klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda SPORT jurnalisti Migel Sans xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 21 yoshli futbolchiga Saudiya Arabistoni klublaridan ham yuqori maoshli takliflar bor. Biroq Kasadoning o'zi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishni istamayapti.

"Barselona" esa yarim himoyachining transferidan 30 mln evro atrofida mablag' ishlab olishga umid qilmoqda.

Hozircha "Benfika" yoki "Nottingem Forest" tomonidan rasmiy taklif yuborilgani haqida ma'lumot yo'q. Kasadoning kelajagi yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar hal bo'lishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ