"Roma" Rodrigo Mora uchun 25 mln evro to'laydi
18 AVGUST, 2026, 13:24
"Roma" "Portu"ning 19 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Rodrigo Morani o'z safiga qo'shish bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Rim klubi futbolchi uchun 25 mln evro kafolatlangan mablag' to'laydi. "Portu" esa Moraning kelajakdagi transferidan 50 foiz ulush olish huquqini saqlab qoladi. Shu bilan birga, "Roma" keyinchalik futbolchining iqtisodiy huquqlarini to'liq sotib olishi uchun maxsus shartlar ham kiritilgan.
Mora 2007 yilda tug'ilgan va asosan hujumkor yarim himoyachi sifatida harakat qiladi. U "Portu" akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lib, Portugaliyaning eng istiqbolli yosh futbolchilaridan biri hisoblanadi.
Endi transferning rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.
