logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Latsio" Ikardi transferi ustida jiddiy ishlamoqda

 18 AVGUST, 2026, 13:18

"Latsio" argentinalik hujumchi Mauro Ikardini o'z safiga qo'shish uchun harakatlarni kuchaytirdi. Bu haqda Janluka Di Martsio xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Rim klubi futbolchi tomonining talablarini qondirish uchun jiddiy harakat qilishga tayyor. Hozircha rasmiy taklif yuborilmagan, ammo tomonlar o'rtasida aloqalar davom etmoqda va yaqin vaqt ichida kelishuv imkoniyati aniqlashishi kutilmoqda.

33 yoshli Ikardi hozir erkin agent hisoblanadi. Uning "Galatasaroy" bilan shartnomasi yakunlangan.

Agar transfer amalga oshsa, Ikardi 2019 yilda Italiyani tark etganidan keyin A Seriyaga qaytadi. U avval "Sampdoriya" va "Inter" safida to'p tepgan.

"Latsio" Ikardi varianti bilan bir qatorda Andrea Pinamonti nomzodini ham ko'rib chiqmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ