logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Spalletti "Yuventus"ga o'tishi mumkin bo'lgan Vikarioni maqtadi

 18 AVGUST, 2026, 13:12

Yaqinda matbuotda "Tottenxem"ga tegishli italiyalik darvozabon Gulelmo Vikario "Yuventus"ga ijara asosida o'tishga yaqin ekani haqida xabarlar tarqaldi. Turin klubi bosh murabbiyi Luchano Spalletti futbolchi haqida o'z fikrini bildirdi.

"Vikario — tajribali va aqlli professional. Uning faoliyati ham ancha yaxshi. Nima sababdan ekanini bilmayman, ammo o'tgan mavsumda unga yaxshiroq o'ynashiga nimadir xalaqit bergandek. Shunga qaramay, u hamon top-darajadagi darvozabon", — deya Spallettining so'zlarini Football Italia keltirdi.

O'tgan mavsumda Vikario 43 ta o'yinda maydonga tushdi va shularning 13 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Transfermarkt portali italiyalik darvozabonning bozor qiymatini 18 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ