Kubarsi 2026 yilgi Golden Boy uchun ovoz berishda etakchilik qilmoqda
18 AVGUST, 2026, 13:12
"Barselona" himoyachisi Pau Kubarsi 2026 yilgi Golden Boy mukofoti uchun ovoz berishning joriy natijalarida etakchilik qilmoqda. Bu haqda Fabritsio Romano ma'lum qildi.
"Tuttosport" yil yakunidagi hal qiluvchi ovoz berish oldidan hozirgi natijalarni e'lon qilgan.
Unga ko'ra, Kubarsi birinchi, Lamin Yamal ikkinchi, Yan Diomande esa uchinchi o'rinda bormoqda.
Yamal avval Golden Boy sovrinini qo'lga kiritgani sababli uni ikkinchi marta yuta olmaydi. Shu bois hozirgi natijalar bo'yicha Kubarsi mukofot uchun asosiy da'vogarlardan biri bo'lib turibdi.

