logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Palasios Angliya Premer-ligasiga ko'chishi mumkin

 18 AVGUST, 2026, 13:06

Leverkuzenning "Bayer" klubi markaziy yarim himoyachisi Esekiel Palasios faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Taniqli insayder Fabritsio Romano ma'lumotiga ko'ra, 27 yoshli argentinalik futbolchiga "Ipsvich" qiziqish bildirmoqda.

Angliya elit divizioni debyutanti allaqachon "Bayer"ga rasmiy taklif yuborgan va ayni paytda Germaniya klubining javobini kutmoqda.

Palasios 2020 yildan buyon Leverkuzen klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. O'tgan mavsumda u barcha musobaqalar doirasida 25 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali argentinalik yarim himoyachining bozor qiymatini 25 million evroga baholamoqda. Uning "Bayer" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ