The Times: "Tottenxem" Savino transferi uchun 100 mln evro sarflashi mumkin
18 AVGUST, 2026, 13:06
"Tottenxem" "Manchester Siti" vingeri Savinoni sotib olish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. The Times ma'lumotiga ko'ra, kelishuv qiymati 85 mln funt, ya'ni qariyb 100 mln evroga etishi mumkin.
Londonliklar braziliyalik futbolchiga yoz boshidan beri qiziqish bildirib kelmoqda. Savino ham ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida klubini almashtirishga tayyor ekani xabar qilingan.
22 yoshli futbolchi o'tgan mavsum "Manchester Siti" safida barcha musobaqalarda 36 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etgan.
"Siti" Savinoni sotgan taqdirda uning o'rniga yangi qanot hujumchisini olib kelishni rejalashtirmoqda.
