logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Chelsi" ikki hujumchisi bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor

 18 AVGUST, 2026, 13:00

"Chelsi" Liam Delap va Nikolas Jeksonni shu yozda sotib yuborish variantini hamon ko'rib chiqmoqda. Bu haqda The Telegraph jurnalisti Mett Lou xabar berdi.

Manbaga ko'ra, londonliklar munosib taklif tushgan taqdirda har ikki hujumchi bilan ham xayrlashishga tayyor.

Jekson o'tgan mavsumni ijara asosida "Bavariya"da o'tkazdi, ammo myunxenliklar uni to'liq sotib olmadi. Ayni paytda unga "Atletiko" tomonidan qiziqish borligi xabar qilinmoqda.

Delapning kelajagi ham noaniq. 23 yoshli futbolchiga Premer-liganing bir qator klublari qiziqish bildirmoqda.

Shu tariqa, transfer oynasi yopilguniga qadar "Chelsi" hujum chizig'ida yana o'zgarishlar bo'lishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ