"Barselona" futbolchilari Ferran Torresning ketish uslubidan norozi bo'lgan
18 AVGUST, 2026, 12:54
"Barselona"ning ayrim futbolchilari Ferran Torresning klubni tark etish jarayonidan norozi bo'lgan.
Xabarlarga ko'ra, jahon chempionatidan keyin uning tutgan yo'li jamoadoshlariga ma'qul kelmagan. Ayrim futbolchilar Ferranning ketish haqidagi qaroriga oldindan xabardor bo'lmagan va uning televidenieda aytgan gaplaridan hayratda qolgan.
Ferran turnirdan keyin "Barselona" unga yangi shartnoma taklif qilish orqali ishonchini ko'rsatishi kerakligini aytgan va bu bayonot muxlislar orasida ham muhokamalarga sabab bo'lgan.
Keyinchalik 26 yoshli hujumchi "PSJ"ga o'tdi va Parij klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Transfer qiymati taxminan 50 mln evroni tashkil etgan. Ferran "Barselona" safida 207 o'yinda 65 ta gol urgan.
