Uoker Gvardiola bilan kiyinish xonasidagi keskin tortishuv haqida gapirdi
18 AVGUST, 2026, 12:54
Kayl Uoker "Manchester Siti"da o'ynagan davrida Pep Gvardiola bilan yuz bergan keskin tortishuv tafsilotlarini oshkor qildi.
Voqea 2024 yil dekabrida "Siti"ning "Liverpul"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'lganidan keyin kiyinish xonasida sodir bo'lgan. Uoker murabbiy uni bir necha bor alohida tanqid ostiga olganidan norozi bo'lgan.
Futbolchining aytishicha, o'sha paytda unda Gvardiola uni hech qachon jamoa sardori sifatida ko'rishni istamagandek taassurot paydo bo'lgan.
Gvardiola esa tanqidlari shaxsan Uokerga emas, balki jamoaning taktik xatolariga qaratilganini ta'kidlagan. Biroq Uokerning sardorlik haqidagi gapi murabbiyga qattiq ta'sir qilgan.
Guvohlarning aytishicha, o'sha paytda Gvardiola hissiyotlarini zo'rg'a jilovlagan va hatto ko'zlariga yosh kelgan.
