Italiya Kubogi 1/32 final bosqichi yakunlandi
18 AVGUST, 2026, 12:48
Italiya Kubogining 2026/27 yilgi mavsumi 1/32 final bosqichi o'z nihoyasiga etdi. So'nggi o'yinlardan keyin 1/16 finalning barcha ishtirokchilari aniqlandi.
17 avgust kuni "Piza" — "Empoli" uchrashuvining asosiy vaqti 1:1 hisobida tugadi. Penaltilar seriyasida "Piza" 4:3 hisobida ustun keldi. "Sassuolo" "Chezena"ni 3:0, "Kremoneze" "Sampdoriya"ni 2:0, "Palermo" esa "Lechche"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.
Bosqichning asosiy sensatsiyalaridan biri o'tgan mavsum finalchisi "Latsio"ning musobaqadan chiqib ketishi bo'ldi. Rimliklar o'z maydonida "Mantova"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
Italiya Kubogining 1/16 final uchrashuvlari sentyabr oyining birinchi yarmida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
