logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Fermin Lopes Ferran Torresning "PSJ"ga ketishiga munosabat bildirdi

 18 AVGUST, 2026, 12:42

"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopes Ferran Torresning "Pari Sen-Jermen" klubiga o'tishiga munosabat bildirdi.

"Bu har bir futbolchining shaxsiy qarori. Men bu masala bo'yicha barcha ma'lumotlarga ega emasman, ammo uning ketganidan juda afsusdaman. Chunki u jamoada ajoyib sherik edi va juda yaxshi futbolchi", — dedi Lopes diariARA nashriga bergan intervyusida.

Ferran Torres "Barselona" safida 2022 yildan buyon to'p tepib kelgan. Hujumchi kataloniyaliklar tarkibida jami 207 ta o'yin o'tkazib, 65 ta gol urdi va 23 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

15 avgust kuni "PSJ" 26 yoshli ispaniyalik futbolchini "Barselona"dan sotib olganini rasman e'lon qildi. Torres Parij klubi bilan 2031 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Transfer qiymati taxminan 50 million evroni tashkil etdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ