Azizbek Amonov jarohatdan tiklanib, "Dinamo" mashg'ulotlariga qaytdi
18 AVGUST, 2026, 12:36
"Dinamo" jamoasi hujumchisi Azizbek Amonov jarohatdan tiklanib, umumjamoaviy mashg'ulotlarga qaytdi.
O'zbekiston milliy jamoasi bilan JCh-2026da ishtirok etib qaytgan 28 yoshli futbolchi 18 iyul kuni Superliga doirasidagi "Qizilqum" — "Dinamo" (1:2) uchrashuvida jarohat olgan va shundan so'ng bir muddat safdan chiqqan edi.
Qariyb bir oylik tiklanish jarayonidan keyin Amonov yana mashg'ulotlarga qo'shildi. Klub tibbiy bo'limi ma'lumotiga ko'ra, futbolchi ayni paytda o'zini yaxshi his qilmoqda, jarohatidan to'liq tiklangan va jamoa bilan umumiy mashg'ulotlarda ishtirok etyapti.
Eslatib o'tamiz, "Dinamo" 19 avgust kuni O'zbekiston Superligasi doirasida Olmaliqda OKMK mehmoni bo'ladi. Uchrashuv soat 19:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
