Fermin Lopes: "Rodri — dunyodagi eng yaxshi tayanch yarim himoyachisi"
18 AVGUST, 2026, 12:36
"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopes "Manchester Siti" futbolchisi Rodri Ernandesning kataloniyaliklar safiga ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi.
"U buyuk futbolchi. "Oltin to'p" sohibi va jahon chempioni. Men u bilan Ispaniya milliy jamoasida birga o'ynayman. Men uchun Rodri dunyodagi eng yaxshi tayanch yarim himoyachisi. U "Barselona"ga juda katta foyda keltirishi mumkin", — deya Lopesning so'zlarini diariARA nashri keltirdi.
Rodri 2019 yildan buyon "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda. O'tgan mavsumda 30 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalar doirasida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
Avvalroq Rodrining "Barselona"ga o'tishga yaqin ekani haqida xabarlar tarqalgandi. Ispaniyalik futbolchi "Manchester Siti"ning Angliya Superkubogi doirasida "Arsenal"ga qarshi kechgan va 0:3 hisobida yakunlangan so'nggi uchrashuvini o'tkazib yubordi.
