logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Levandovski va Ferran o'rnini kim bosadi? Fermin "Barselona"dagi variantlarni sanadi

 18 AVGUST, 2026, 12:24

"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopes jamoa hujum chizig'ida Robert Levandovski va Ferran Torresning o'rnini kim egallashi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Ispaniyalik futbolchi zarurat tug'ilsa, o'zi ham "soxta to'qqizlik" rolida harakat qilishga tayyorligini aytdi.

Kataloniya klubi yangi mavsum oldidan markaziy hujumchi pozitsiyasida o'zgarishlarga duch keldi. Levandovski to'rt yillik faoliyatidan so'ng "Barselona"ni tark etdi. Polyak futbolchi klub safida jami 120 ta gol urdi. Ferran Torres esa "PSJ"ga ko'chib o'tdi va Parij klubi bilan 2031 yilgacha shartnoma imzoladi.

Ferminning fikricha, tarkibda bu bo'shliqni to'ldirish imkoniyatiga ega bir nechta futbolchi bor.

"Bilmayman, ammo Gordon ham markaziy hujumchi sifatida o'ynay oladi. Dani Olmo, Rafinya va men ham u erda harakat qilishimiz mumkin. Agar yana futbolchilar kelsa, ko'ramiz. Lekin tarkibimizda gol urishga qodir futbolchilar shundoq ham etarli.

Men "soxta to'qqizlik" pozitsiyasiga moslasha olaman. "La Masiya"da bu joyda ko'p o'ynaganman. Bu pozitsiya mening eng sevimli rolim — hujumkor yarim himoyachi vazifasiga juda o'xshaydi", — dedi Fermin.

Fermin tilga olgan Entoni Gordon "Barselona"ning yangi mavsumdagi dastlabki transferi bo'ldi. Angliyalik futbolchi "Nyukasl"dan kelib, kataloniyaliklar bilan 2031 yilgacha shartnoma tuzgan. U 16 avgust kuni "Bazel"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida "Barselona" safida debyut qildi va birinchi bo'limni to'liq o'tkazdi.

Fermindan "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares markaziy hujumchi uchun munosib variant bo'ladimi, deb ham so'raldi.

"Ha, menga yoqadi. U ajoyib futbolchi. Ammo oxir-oqibat u "Atletiko Madrid" futbolchisi, shuning uchun bu haqda ko'p narsa deya olmayman. Faqat shuni aytishim mumkinki, Alvares bizning tarkibimiz va o'yin uslubimizga juda yaxshi mos tushgan bo'lardi", — dedi u.

"Barselona"ning o'zi ham Alvaresni hujum markazini kuchaytirish uchun asosiy variantlardan biri sifatida ko'rib kelmoqda. Biroq "Atletiko" argentinalik futbolchini qo'yib yuborishga shoshilmayapti va transfer masalasi ochiqligicha qolmoqda.

Ferminning o'zi ham so'nggi mavsumda hujumdagi samaradorligini sezilarli oshirdi. 2025/26 yilgi mavsumda u 13 ta gol urib, 17 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Shu bois uning "soxta to'qqizlik"da o'ynashi Hansi Flik uchun yangi mavsumda qo'shimcha taktik variantga aylanishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ