Superliga: 18-turni o'tkazib yuboradigan futbolchilar ro'yxati e'lon qilindi
18 AVGUST, 2026, 12:24
O'zbekiston Superligasining 18-turida ishtirok eta olmaydigan futbolchilar ro'yxati ma'lum bo'ldi. Professional futbol ligasi taqdim etgan ma'lumotga ko'ra, navbatdagi turni jami 14 nafar futbolchi o'tkazib yuboradi.
Eng katta yo'qotish "Andijon" va "Qo'qon-1912" klublarida — har ikki jamoadan uch nafardan futbolchi navbatdagi bahsda maydonga tushmaydi.
18-turni o'tkazib yuboradigan futbolchilar:
"Andijon" — Martin Boake, Usmonali Ismonaliev, Muhammadkarim Toirov; "Buxoro" — Muhammad Yo'ldoshev; "Lokomotiv" — Aleksey Kozlov; "Nasaf" — Javohir Iskandarov; "Navbahor" — Sherzod Jo'raev; "Neftchi" — Ikromjon Aliboev; OKMK — Aziz Xolmurodov; "Paxtakor" — Muhammadrasul Abdumajidov; "Qizilqum" — Doston Tursunov; "Qo'qon-1912" — Muhammadamirxon Qodirov, Odiljon G'aniev, Jasurbek Yoqubov.Ayniqsa, "Andijon" navbatdagi uchrashuvga sezilarli yo'qotishlar bilan chiqadi. Jamoa 19 avgust kuni safarda "Mash'al"ga qarshi bahs olib boradi.
"Qo'qon-1912" ham birdaniga uch futbolchisisiz qoladi. Qo'qonliklar 19 avgust kuni "Bunyodkor" mehmoni bo'ladi.
Tur doirasidagi dastlabki o'yinlar 18 avgust kuni o'tkaziladi. Jumladan, "So'g'diyona" — "Qizilqum" hamda "Buxoro" — "Neftchi" uchrashuvlari shu kunga belgilangan.
18-tur bahslari 21 avgustgacha davom etadi. "Paxtakor" turning so'nggi kunlaridan birida o'z maydonida "Surxon"ni qabul qiladi.
