logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Xavi Espart "Barselona"da Kasadoning raqamini oladi

 18 AVGUST, 2026, 12:18

"Barselona" tarbiyalanuvchisi Xavi Espart 2026/27 yilgi mavsumdan boshlab asosiy jamoada 17-raqam ostida harakat qilishi kutilmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.

Ushbu raqamning avvalgi egasi Mark Kasado edi. Manbaga ko'ra, Kasadoning 17-raqami La Liga rasmiy saytidagi "Barselona" tarkibidan olib tashlangan. Futbolchining klubni tark etishi kutilmoqda, Espart esa uning asosiy jamoadagi o'rnini egallashga yaqin turibdi.

19 yoshli Espart mavsumoldi yig'inlarida bosh murabbiy Hansi Flikda yaxshi taassurot qoldirdi. Xususan, "Bazel"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida u asosiy tarkibda maydonga tushib, 79 daqiqa harakat qildi. Yosh futbolchi uchrashuv davomida ham tayanch yarimhimoyachisi, ham markaziy yarimhimoyachi sifatida o'ynadi. Bundan avvalgi o'yinlarda esa o'ng qanot himoyasida ham sinab ko'rilgan.

Espart "Barselona" akademiyasiga 2015 yilda qo'shilgan va La Masiyaning turli yosh toifalarida bosqichma-bosqich o'sib borgan. U yarimhimoyada ham, himoya qanotida ham o'ynay olishi bilan ajralib turadi.

Futbolchi "Barselona" asosiy jamoasidagi rasmiy debyutini 2026 yil 10 mart kuni Chempionlar ligasida "Nyukasl"ga qarshi o'yinda o'tkazgan. U o'sha bahsning so'nggi daqiqalarida Ronald Arauxoning o'rniga maydonga tushgan va Hansi Flik davrida asosiy jamoada debyut qilgan La Masiyaning 12-tarbiyalanuvchisiga aylangan.

Espartning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Klub uning kelishuvini 2025 yil avgustida uzaytirgan edi.

Shu tariqa, mavsumoldi tayyorgarligida Flikning ishonchini qozongan Espart yangi mavsumda asosiy jamoada ko'proq imkoniyat olishi va Kasadodan bo'shaydigan 17-raqamni qabul qilishi kutilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ