logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Fermin Lopes «Chelsi»ga amalga oshmay qolgan transferi haqida gapirdi

 18 AVGUST, 2026, 12:12

«Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes 2025 yilda «Chelsi»ga amalga oshmay qolgan transferi haqida fikr bildirdi.

«Boshqa klublar senga qiziqish bildirayotgani, albatta, yoqimli. Ammo men doim “Barselona”da o'ynashni davom ettirishni xohlashimni ochiq aytib kelganman», — deya Lopesning so'zlarini diariARA nashri keltirdi.

Fermin Lopes — «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi. O'tgan mavsumda 23 yoshli ispaniyalik futbolchi barcha musobaqalar doirasida 48 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yarim himoyachining Ispaniya chempioni bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 100 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ